Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasining litsenziyalash toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Telekommunikatsiya sohasida yuridik shaxslarning faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 458- son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Telekommunikatsiya sohasida faoliyat yuritish maqsadida litsenziya daʼvogari arizalarini qabul qilish va roʻyxatga olish, litsenziya kelishuvlari va litsenziyalarni rasmiylashtirish, shuningdek Litsenziyalash masalasi boʻyicha Ekspert komissiyasining yigʻilishlari oʻtkazishini tashkillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Litsenziyalash va litsenziya shartnomalari ijrosini tahlil qilish boʻlimi (LLShITQB) tomonidan amalga oshiriladi.
Ekspert komissiyaning yigʻilishi kamida bir oyda bir marta oʻtkaziladi.
Telekommunikatsiyalar quyidagi turlarining yaʼni:
Litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi. Litsenziya daʼvogarining arizasiga muvofiq litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.
Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishi taqiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi “Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 592- son qarori bilan tasdiqlangan “Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga muvofiq televideniye koʻrsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) sohasida (asosiy faoliyati davlat televideniye radiodasturlarini shakllantirish va tarqatish (translyatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi 50 foizdan tashkil etadigan korxonalardan tashqari) faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarning amal qilish muddatlari.
Mahalliy, shaharlararo, xalqaro tarmoqlar, koʻchma radiotelefon aloqa, tarmoqlar loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va kommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatishga litsenziyalar
15 yilgacha boʻlgan muddatga, biroq kamida 5 yil muddatga beriladi. Bunda xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatishga mazkur Nizomga muvofiq birinchi marta berilgan yakka tartibdagi litsenziyaning amal qilish muddati 5 yildan ortiq boʻlmaydi.
Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar.
Litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari litsenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami;
yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallagan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (uning bir qismi) hamda faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat koʻrsatiladi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini ishlatish va (yoki) ular xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olishda — telekommunikatsiyalar asosiy texnik vositalarining (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud boʻlgan) tavsifi, radiochastotalarning diapazonlari va nominallari (ulardan foydalanishda) koʻrsatilgan holda ularning roʻyxati;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — loyihalashtirish, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan texnik vositalar (mulk huquqida yoki boshqa qonuniy asosda mavjud boʻlgan) va normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyxati.
sanitariya, yongʻin normalari va obyektni qoʻriqlash talablariga muvofiqlik toʻgʻrisida tegishli organlarning xulosasi;
Oʻzbekiston Respublikasining radiochastotalaridan foydalanish va ularni nazorat qilish boʻyicha organlarning berilgan chastotalardan foydalanish imkoniyati, uzatuvchi qurilmalar quvvati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (radioaloqa vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatga litsenziya olishda);
boshqa shaxsga tegishli asbob-uskunadan foydalanish moʻljallanayotgan taqdirda ushbu asbob-uskuna ijaraga olinganligi (foydalanilganligi)ni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Tasdiqlash shartnoma yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etish tarzida boʻlishi mumkin;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish uchun litsenziya olishda — oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish boʻyicha mutaxassislar mehnat daftarchasining nusxalari.
Oʻz tarmogʻini yaratish huquqisiz maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet, maʼlumotlarni uzatish operatorlari tarmogʻi orqali provayder xizmatlari koʻrsatishga litsenziya olishda “
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan uchinchi mamlakatlarga xorijiy
Litsenziya daʼvogari radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar olishga tanlovda ishtirok etish uchun Axborot faoliyati hamda maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya (IMK)ga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ye) ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek
Javobgarlik
Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun litsenziya daʼvogari qonunga muvofiq javob beradi.
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va litsenziyani berish
Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya daʼvogarining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun faoliyatning har bir turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Litsenziya daʼvogari bergan arizasidan voz kechgan yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish rad etilgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni litsenziyalovchi organ barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya daʼvogarining arizasi olingan kundan boshlab yigirma kundan kechikmay qabul qiladi.
Litsenziya berish yoki litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilishi rad etilishining sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:
litsenziya daʼvogarining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
litsenziya daʼvogari taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek tanlov (tender) shartlariga nomuvofiqligi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birga olgan kundan boshlab oʻn kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Arizalarning takroriy koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorlaridan yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini takroriy koʻrib chiqishda litsenziya berishning litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya berishning rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Ekspert komissiyasi olti kundan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasini tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ toʻrt kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Davlat boji
Litsenziya berganlik va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji undiriladi.
Telekommunikatsiyalar sohasidagi davlat boji litsenziyani olish bilan bir vaqtda yoxud har yili teng ulushlarda toʻlanadi, uning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarni berganlik uchun davlat boji litsenziyalovchi organning maxsus hisob-kitob raqamiga oʻtkaziladi va ular quyidagicha taqsimlanadi:
50 foizi – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
50 foizi — davlat
Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat boji miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 24
Litsenziyalovchi organ faoliyatning har bir turi uchun alohida litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Har bir reyestrda quyidagilar koʻrsatiladi:
Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
Litsenziyalash masalalari boʻyicha savollar tugʻilganda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Litsenziyalash va litsenziya shartnomalari ijrosini tahlil qilish boʻlimi bilan quyidagilar orqali bogʻlanish mumkin:
Faks: (+998 71) 239-87-82
E-mail: deplicense@mitc.uz
“OʻZKOMNAZORAT” INSPEKSIYASI
Copyright © 2019 - 2022 Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi rasmiy veb-sayti. Mualliflik huquqlari himoyalangan
Veb-saytdan olingan maʼlumotlar chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy Creative Commons Attribution 4.0 Internationals
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Saytning eski talqiniVeb-saytdan olingan maʼlumotlar chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy