Inspeksiya davlat organi sifatida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 16-yanvardagi 13-son qarori va Aloqa Vazirligining buyrug‘i asosida 1991-yilning 1-fevralida tashkil etilgan. Yangi tashkilotning faoliyati pochta va telekommunikatsiya sohasidagi nosozliklar, kamchiliklar, sifat ko‘rsatkichlari hamda ularning standartlar bo‘yicha iste’molchilar talabiga javob berishini nazorat qilishdan iborat bo‘lgan.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach:
Shunday qilib, aloqa sohasida ham istiqbolli yangilanishlar davri boshlandi.
1996-yilning 26-apreliga kelib “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 175-son qarori bilan “Aloqa va transport sohasida litsenziyalash nizomi”ning qabul qilinishi sohaning rivojlanishiga yana bir turtki bo‘ldi.
Demokratik jamiyat sari bosqichma-bosqich odimlayotgan mamlakatimiz ana shu jamiyatning asosiy tamoyili va asosi bo‘lmish matbuot erkinligini ta’minlash uchun 1997-yilning 26-dekabrida “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi. Bu jarayon esa jamiyatni axborot bilan ta’minlash borasida bir qator qonuniy va me’yoriy hujjatlar qabul qilinishiga sabab bo‘ldi, ya’ni litsenziyalash, mahsulot va xizmat sertifikatlash, chet el texnika vositalari olib kelinishi tartiblarining tasdiqlanishi bilan aloqa sohasida yetarli qonuniy asoslar yaratildi.
Bularning barchasi Aloqa inspeksiyasi faoliyatida keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini o‘rnatish bo‘yicha Aloqa inspeksiyasi to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi. Mazkur nizomga ko‘ra Aloqa inspeksiyasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, butunjahon pochta uyushmasi Konvensiyasi va bitimga, Elektraloqa Xalqaro Uyushmasi tavsiyalariga va boshqa normativ hujjatlarga amal qilgan holda ish olib borishi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qarori bilan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Inspeksiyaga:
Keyinchalik sohani jadal rivojlanish, nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, sifatli aloqa va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmon va Qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 1-maydagi 318-son qarorning 2-ilovasi bilan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyasi to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi.
Mazkur qaror bilan Aloqa inspeksiyasiga fonogramma, audiovizual asarlar tarqatilishida hamda dasturiy mahsulotlarning mualliflik huquqlarini nazorat qilish vakolatlari ham berildi.
2018-yil 21-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4024-son Qarori qabul qilindi.
Qarorda:
2019-yil 14-sentabrda “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-4452-son Qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasiga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini buzgan axborot sohasi subyektlariga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish vazifalari ham yuklandi.
“OʻZKOMNAZORAT” INSPEKSIYASI
Copyright © 2019 - 2022 Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi rasmiy veb-sayti. Mualliflik huquqlari himoyalangan
Veb-saytdan olingan maʼlumotlar chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy Creative Commons Attribution 4.0 Internationals
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Saytning eski talqiniVeb-saytdan olingan maʼlumotlar chop etilganda veb-saytga havola qilish majburiy